Kosmik aloqa

Kosmik aloqa — er sun’- iy yo’ldoshlari (ESY) orqali erdagi punktlar orasida yoki kosmik appa- ratlar (ka) orasidagi aloqa. Erdagi punkt b-n kosmosdagi inson o’rtasida aloqa birinchi marta 1961 y.da yu. A. Gagarinnkyat «Vostok» kosmik kemasida parvoz kilganda o’rnatildi. Kosmosda, asosan, radioaloqa, ba’zan, optik aloqa qo’llaniladi. K. a. tizimida ko’proq radioaloqadan, erdagi punktlar ora- sida aloqa bog’lash uchun elliptik va doiraviy stasionar orbitalar bo’yicha harakatlanuvchi ESY dan foydalanila- Di. Ka lari orasida K. a. birinchi marta 1962 y.da «Vostok-3» va «Vostok-4» ke- malari orasida amalga oshirilgan. Erda- gi punktlar orasida K. a. o’rnatish uchun kuchli antennalar, radioshovqin daraja- si juda kichik bo’lgan qabul qiluvchi as- boblar, qidirilayotgan signalni ajratib oladigan maxsus appa-ratlardan foyda- laniladi. Ka ning bort apparaturalari juda puxta, engil va ixcham bo’lishi kerak. K. a. kanallari uchun ularning vazifasi va yo’nalishlariga ko’ra turlicha chastota dia-pazonidan foydalaniladi. Chastota- larni taqsimlash va ulardan foydala- nish tartibi radioaloqa reglamenti b-n belgilanadi. K. a. tizimlarining erda- gi aloqa tizimlaridan asosiy farqi ka vaziyatining uzluksiz o’zgarib turishi, Kaning har ondagi koordinatalarini bilish zarurligi, qabul qilinayotgan signallar chastotasining tez-tez o’zgarib turishi, ka bortidagi radiouzatkichlar quvvatining cheklanganligi, masofaning uzoqligi va b.dan iborat. Er b-n K A orasidagi aloqa yorda- mida kosmovidenieta asos solinadi, natijada insoniyat odamning ochiq kos- mosga chiqishi va oyda yurishining shohidi bo’ddi. Sayyoralararo avtomatik st-yalar Venera va Marsga uchirilganda 350 mln. km masofada ikki tomonlama turg’un radioaloqa o’rnatildi. «Mars» va «Mariner» tipidagi kosmik st-yalarga o’rnatilgan apparatlar yordamida Mars va Venera sayyoralarining atrofi, at- mosferasi, t-rasi tekshirildi va tele- metrik kanallar orqali tasvirlari erga uzatildi. ESY orqali aloqada turli orbita va balandlikda parvoz qilayotgan Esydan foydalaniladi. Uzoq ma-sofalar orasi-  da televizion aloqa o’rnatishda, odatda, bevosita ko’rinadigan bir qancha oraliq va ikkita asosiy punktdan iborat radio- rele tarmoqlari — retranslyatorlardan foydalaniladi. ESY bortiga o’rnatilgan bitta retranslyator yordamida erda bir- biridan 10-15 ming km uzoq joylashgan punktlar orasida aloqa o’rnatish mum- kin. Ka orasidagi aloqaga boshqa Kadan olingan ma’lumotlarni retranslyasiya qilish, ularning orbitadagi vaziyati- ni o’lchash va harakatini boshqarish yoki ularga yakinlashish, navigasiya masala- larini hal qilishga oid aloqalar ham kiradi. Kaning antennalarini o’zaro yo’naltirish ancha qiyin, shu sababli, ular orasida yo’naltirilmagan aloqa qilinadi. Lazerlar ixtiro qilingandan keyin optik aloqa masalasi hal qilina bosh- ladi.