Kosmik apparat
Kosmik apparat — kosmosda i. t. larni, meteorologik kuzatishlar- ni, navigasiya o’lchashlarini o’tkazadigan, radio – va telealoqalarni ta’minlaydi- gan uchish apparati. K. a. boshqarilishi bo’yicha (boshqarilmaydigan, avtomatik boshqariladigan, orbital st-yalar, kos- monavt uchuvchisi bo’lgan kosmik kema- lar); uchish traektoriyasi bo’yicha (er yoki sayyoralarning sun’iy yo’ldoshlari, Erga yoki sayyoraga qo’ndirish apparatla- ri, sayyoralardan uchib chiqish uchun AP- paratlar); foydalanilishi bo’yicha (bir marta va ko’p marta foydalaniladigan) turlarga bo’linadi. Tarkibiga butun AP- Pa-raturalarning ishini, berilgan tra- ektoriya bo’yicha ishini, orientasiyasini va b.ni ta’minlaydigan bort tizimlari kiradi. Bu tizimlarga yonilg’i zahirasi bo’lgan dvigatel qurilmasi, harakatni boshqarish tizimi, bort komplekslari, issiqlik rejimini boshqarish, bort AP- paraturalarini energetik ta’minlash, uchish vaqtida harakatni boshqarish va Er b-n aloqa bog’lash tizimlari kiradi. Er sun’iy yo’ldoshlarini past orbitaga uchirishda eltuvchi raketalardan, yuqori orbitalarga yoki sayyoralararo orbita- larga o’tkazishda qo’shimcha raketa kom- plekslaridan foydalaniladi.