Kosmik navigasiya
Kosmik navigasiya – kosmik apparat (ka) ni boshqarish, tor ma’no- da — uning massa markazi harakatini boshqarishni tashqil etish. K. n.ning asosiy masalalari navigasiya paramet- rlarini o’lchashdan va kaning massa- lar markazlari holat vektorlarining fazodagi hoz. vaziyatlarini (kaning g’alayonlangan harakat traektoriyasini tavsiflovchi) aniqlashdan iborat. K. n.ning qo’shimcha masalalari: kaning haqiqiy orbitasini aniqlash, berilgan orbitadan og’ishlarni hisoblash va b. Navigasiya sistemasi kema borti va er- dagi o’lchash va hisoblash vositalarini o’z ichiga oladi. Agar kaning harakat parametrlarini faqat bortdagi vosita- lar yordamidagina aniqlanadigan bo’lsa, K. n. avtonom hisoblanadi. K. n. siste- masi er sharining turli joylarida xa- rakatlanayotgan kema va samolyotlarning koordinatalarini ham yuqori aniqlikda aniqlashiga imkon beradi.