Kosmik psixologiya

Kosmik psixologiya – Koinotga parvozlarni amalga oshirishda inson-texnika, inson-fazo, inson-eks- tremal vaziyat munosabatlarini tadqiq qilishga qaratilgan psixologiya soxasi. 20-a.ning 60-y.larida paydo bo’lgan. Kos- monavtlarni psixologik mezonlar yorda- mi b-n tanlab olish, fazoga uchish sharo- itlariga ularni tayyorlash, vaznsizlik holati bo’yicha oqilona ma’lu-motlar b-n qurollantirish, o’zgarishlar yuzaga kelsa ularni tuzatish, ishchanlik qobiliyatini tekshirish singari muammolar b-n shug’ullanadi. Guruhiy moslik, ruhiy muhit, o’zini-o’zi boshqarish, o’ziga-o’zi buyruq berish, o’zini-o’zi uddalash yuza- sidan tadqiqot ishlarini o’tkazish ham K. p. ning vazifasi hisoblanadi.