Kosmik tezlik

Kosmik tezlik – jism er sun’- iy yo’ldoshi, sun’iy Sayyora bo’lishi uchun yoki u Quyosh sistemasini butunlay tark etishi uchun unga beriladigan uchta eng kichik tezlik. Birinchi K. t. (~ 7,91 km/s) jismning er sirtidan nolinchi balandlikda doiraviy orbita bo’ylab harakatlanishi uchun kerak bo’ladigan energiyani ifodalaydi. Tezlik osha bor- gan sari jism elliptik orbita bo’ylab harakatlana boshlaydi. Jism ikkinchi K. t. (-11,2 km/s) da erga nisbatan para- bolik traektoriya bo’yicha harakatlanadi. Ikkinchi K. t. dan yuqori tezlikda jism giperbolik traektoriya bo’yicha harakatlanadi va u erning tortish kuchi- ni engib, Quyoshning sun’iy yo’ldoshiga aylanadi. Jism er sirtida uchinchi K. t. (-16,7 km/s)ni olib, Quyoshga nisbatan Pa- rabola bo’ylab harakatlanadi (er orbita- si yaqinida bu tezlik 42,1 km/s ga teng) va Quyosh sistemasining tortish kuchi doirasidan chiqib ketadi. K. t. kattali- klari er atmosferasi qarshiligi, er siqilishi va b. ni hisobga olmagan holda keltirilgan. K. t.ni barcha osmon jism- lariga nisbatan qo’llash mumkin. Mas, Oy uchun birinchi K. t.-1,7 km/s, ikkinchi K.t.~2,4 km/s.