«Kosmos»

«Kosmos» – 1) SSSRning er sun’iy yo’ldoshlari (ESY) seriyalari, shuning- dek kompleks dasturlar nomi. «K.»dastu- ri zaryadlangan zarralar kontsentrasiya- si, meteorologik kuzatishlar, biologic eksperimentlar, korpuskulyar oqimlar, radioto’lqinlarning tarqalishi, erning radiasion mintaqalari, kosmik nurlar, Er magnit maydoni, er atmosferasidagi bulutlar tizimi, kosmik fazo omillari- ning ta’siri va b.ni o’rganish; kosmosga uchish b-n bog’liq texnik muammolarni, shuningdek kosmik apparatning kostruk- tsiyasiga oid muhandislik masalalarini hal qilish va uni takomillashtirishni ko’zda tutadi. Ushbu dastur bo’yicha 1962 y. martdan beri ESY uchirilmokda; 2) «K.» tipidagi Esyni orbitaga chiqarishda qo’llaniladigan ikki bosqichli eltuvchi raketa.