Kosonsoy
Kosonsoy — Farg’ona vodiy- sidagi Daryo. Sirdaryonnit o’ng irmog’i. Chatqol tog’tizmasidan Chilquduqsoy nomi b-n boshlanib, Sharq va Jan.- Sharq yo’nalishida oqadi. O’z. 154 km. Havzasining mayd. 1650 km2, o’rtacha bal. 2347 m. Boshlanish erida kichik muzliklar bor. Daryoning yuqori oqimi Qirg’iziston hududida. Kosonsoy sh. yaqinida Daryo tog’dan chiqib, adirlar ora- sidagi vo-diyda oqadi, Jan. yo’nalishda To’raqo’rg’on qishlogigacha borib, u erda katta yoyilma hosil qiladi. Daryo suvi- ning deyarli hammasi sug’orishga sarfla- nadi, faqat suvi ko’paygan paytlardagi- na Sirdaryoga quyiladi. Qor-muzlik va yomg’irdan to’yinadi. O’rtacha yillik suv sarfi 9,81 m3/sek, o’rtacha oqim moduli 5,94 l/sek km2. Suvning yarmidan ko’prog’i mart — sent. da oqib o’tadi. K. Qirg’izistonning Olabuqa tumani va O’zbekistonning Namangan viloyatini suv b-n ta’minlaydi. Daryoga Kosonsoy suv ombori qurilgan.