KOSONSOY JOME MASJIDI

KOSONSOY JOME MASJIDI -Namangandagi me’moriy Yodgor- lik (18-a). Atrofi devor b-n o’rab olingan maydonga qurilgan. Unga Jan. dan peshtoqli darvozaxona, g’arbidan ravoqli masjid (28,6 x 10,8)ning naqshinkor eshigi orqali kiriladi. G’arbiy devoriga 3 qirrali mexrob ish- langan. Tashqi pog’onali gumbazi ravok- li qubbalar (burchaklaridan chiqarilgan) ga qo’ndirilgan. Bir-biri b-n kesishgan 4 ravoq yon qanotlarga asos bo’lib xizmat qiladi. Ravoqlarning o’zi esa alohida yoki devorga tutashib chiqqan g’ishtin ustunlarga tayanadi. Bino bezagida 2 xil (oq va novvot) rang ko’proq qo’llanilgan. Darvozaxona ortiqcha hashamsiz, shinam- gina, ammo ayni paytda shakli-shamoyi- li b-n ulug’vordir. Peshtoqining yuqori qismi mayda tyoshik ravoqchalar tizmasi b-n bezatilgan, usti karniz b-n yakunla- nib, darvoza atrofi yassi ravoqchalar b-n o’ralgan. Peshtoqining ikki burchagida- gi ustungo’sha yuqorisi qubba b-n tugal- langan. 1993 y. ayvon, o’quv xonalari va b. qo’shimcha binolar qurilgan. K. j. m. Farg’ona vodiysida yagona Namozgoh uslu- bidagi bino hisoblanib, mahalliy me’- morlarning qurilish bobidagi mahorati yorqin aks etgan.