KOSTROMA QORAMOL ZOTI

KOSTROMA QORAMOL ZOTI – suti va go’shti uchun bokiladigan sigir zoti. Rossiyaning Kostroma viloyati- da «Karavaevo» xo’jaligida mahalliy zotlarni shvis zoti b-n chatishtirish, sermahsul duragay mollarni tanlash va saralash asosida yaratilgan hamda 1945 y. zot deb tasdiqlangan. Mollar, asosan, kulrang-och qo’ng’ir tusda, gavdasi yirik. Buqalari vazni 1000-1100 kg, sigirla- ri 550-600 kg. Sut sog’imi 4000-5000 kg, yog’liligi 3,7—3,9% va oqsili 3,3 — 3,6%. Zotning rekord qo’ygan sigirlari bir yilda 14-15 ming kg sut bergan. Si- girlarning hayot-chanligi yuqori (20-22 yoshga qadar). Go’shtdorlik sifati yuqori, 18 oyligida novvoslar 450-500 kg vazn- ga etadi. Bo’rdoqi mollarning go’shti chiqishi 58-60%. O’zbekistonning qo’ng’ir tusli mahsuldor qoramol podala- rini («G’allaorol», «Zarbdor», «Boyovut» va b.) yaratishda 1950-70 yillari K.q.z. buqalaridan foydalanilgan. K.q.z.dan foydalanib, Olatov qoramol zoti yara- tilgan.