KOSTYANKALAR
KOSTYANKALAR (Lithobiomorpha) -laboyoqlilar kenja sinfiga man- sub ko’poyoqlilarning bir turkumi. Urg’ochilarida Urug’lanayotgan spermato- forini to’tib turadigan va tuxum qo’yish vazifasini bajaradigan jinsiy oyoqlar (gonopodalar) rivojlangan. Tashqi ko’rinishi skolopendralart o’xshash, Le- kin 15 juft uzun oyoqlari bo’lishi b-n ulardan farq qiladi. Ko’pchiligi o’rmon to’shalmasi yoki dalada tuproq yuzasida to’planib qoladigan o’simlik qoldiqlari (mas, to’kilgan barglar, xas-cho’plar), yog’och yoki toshlar va b. ostida yashaydi. Tanasi ustki tomondan sarg’ish yoki malla rang- da, orqadan qorin tomonga yassilashgan. Tanasi ustki tomondan sarg’ish yoki malla ko’zlarining har biri 40 ga yaqin oddiy ko’zchalardan iborat. Mo’ylovlari uzun. Tez yuguradi. Kundo’zi pana joyda be- kinib olib, kechasi ovga chiqadi. Mayda hasharotlar b-n oziqlanadi. O’ljasini oyoq-jag’laridagi zahar bezlari yordami- da o’ldiradi. Zahari odam uchun xavfli emas. Urgochisi tuxumlarni tanasi b-n o’rab olib, qimirlamasdan yotadi. Tu- xumdan 7 juft oyoqli lichinka chiqadi. O’sish va rivojlanish davomida lichin- ka oyoqlarining soni oshib boradi, 800 ga yaqin turi ma’lum. Evropa va Osiyoda tarqalgan. O’zbekistonda oddiy kostyanka (Lithobius forfi catus) uchraydi.