KO’TARGICH
KO’TARGICH — yuk va odamlarni vertikal (ba’zan qiya) yunaltirgich yoki relelar buyicha harakatlanadigan maxsus qurilmalarda ko’taruvchi mashina. Davriy va uzluksiz ishlaydigan xillari bor. Ko’targichlar, odatda, elektr yoki gidravlik yuritmali; kanatli, zanjirli, reykali, vintli va plunjerli bo’ladi. Asosan, qavatli Ko’targich keng qo’llanadi. Bularda yuk tashish qurilmalari shkivlarga kiygizilgan yoki ko’tarish chig’irlarining barabaniga o’ralgan qavatlarga osiladi. Ko’targichga lift, eskalator, funikulyor, qurilish Ko’targichlari (minorali, shaxtali va boshqalar), pnevmatik Ko’targichlar (gazlift), avtomobil-vishkadagi Ko’targichlar, kema Ko’targichlar va boshqalar kiradi.