Ko’tarish kuchi
Ko’tarish kuchi – 1) gidrostatik (Arximed) K. k. — suyuqlik yoki gazlar- ga botirilgan JIEMga ta’sir etuvchi kuch (q. Arximed qonuni); 2) aerodinamik (gidrodinamik) K. k.— suyuqlik yoki gaz- larning ularda harakatlanayotgan JIEM- ga ta’sir etuvchi kuchi. K. k. jismning harakat yo’nalishiga tik ta’sir qiladi. Muhit (gaz yoki suyuqlik)ning jism (mas, samolyot) orqali nosimmetrik oqib o’tishi tufayli K. k. vujudga keladi. Quyidagi formula orqali topiladi: bunda, V— ko’tarish kuchi, r — muhitning zichligi, ь — jism tezli- gi, S — xarakterli yuzi (mas, samolyot qanotining kundalang Profil yuzi), S, — jism shakliga bog’liq bo’lgan o’lchamsiz koeffisient. Samolyotda K. k. quyidagicha hosil bo’ladi. Samolyot qanoti havo oqimiga parallel yoki unga nisbatan kichik burchak (ataka burchagi) ostida qiyaroq o’rnatilsa, havo oqimi qanot profilidan o’tadi. Bunda kanot- ning ustki tomonidagi havo pastki to- monidagi havodan tezroq harakat qiladi va qanotning pastki tomonidagi havo bosimi ustkisidan ortiqroq bo’ladi, natijada samolyot yuqoriga ko’tariladi. Ataka burchagi 15° dan ortganda K. k. ka- Maya boradi. K. k. uchish apparatlari, ke- malar, o’qaviy kompressorlar, turbina va b. ko’taruvchi sirtlarining muhim xarak- teristikasi xisoblanadi.