Kotonu

Kotonu — Beninning Jan. qismidagi shahar. Atlantika provintsi- yasining ma’muriy markazi. Mamlakat- ning boshqaruv va hukumat muassasalari K.da joylashgan. Aholisi 536 ming ki- shidan ziyod (1990-y.lar o’rtalari). Gvineya qo’ltig’idagi port (palma mag’zi va moyi, kopra, kofe, paxta eksport qilinadi). T.y. stantsiyasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziq-ovqat, to’qimachilik sanoati korxonalari bor. Yog’och qayta ishlanadi. Hunarmandchilikda yog’och o’ymakorligi rivojlangan, savat to’qiladi. Issiqlik elektr st-yasi, botanika bog’i, Benin mu- zeyi, shahardan 15 km shim.da un-t bor. Shaharga 19-a.ning 1-yarmida asos solin- gan.