KOTOPAXI

KOTOPAXI — Ekvadordagi harakatdagi vulkan. And tog’larida, Sharqiy Kordilera tog’larining g’arbiy etagida. Balandligi 5897 metr. Andezitlardan tuzilgan. 4700 metr balandlikdan yuqorisi qor bilan qoplangan. So’nggi marta 1976 yilda otilgan. Milliy Park tashkil etilgan. Kotopaxidan 50 kilometr shimolda mamlakat poytaxti — Kito shahri joylashgan.