Kotoraya, paxtaron, ftormeturon, fluometuron

Kotoraya, paxtaron, ftormeturon, fluometuron (C10HnF3N2O) — singib va tanlab ta’ – sir etuvchi gerbitsid, 80% li ho’llanuvchi kukun, rangi oq yoki kulrang. Paxtazor- larda bir yillik, asosan, ikki palla- li begona o’tlarga qarshi qo’llaniladi. Machin, olabuta, ituzum, semizo’tlarni quritadi, shamak, itqo’noq, g’umay va b.ni esa shikastlaydi. O’simlikka ildizi orqali singadi. Preparatning ta’sir kuchi 2-3 oy. Tuproqda tez parchalana- Di. Bahor quruq kelganda, shuningdek, sho’rxok tuproqlarda preparatning ta’- sir kuchi kamayadi. K. chigitni ekish b-n bir vaqtda lenta usulida solinadi. Sarf me’yori: yalpi sepishda 1,3—2,8 kg/ga (ta’- sir etuvchi modda bo’yicha), qator orasiga solishda 0,65—1,4 kg/ra. Kam zaharli.