Kottej

Kottej (ing. cottage — dehqon uyi) — bir oilaga mo’ljallangan, asosan, ikki qavatli qilib qurilgan hovlili uy. K.ning 1-qavatida mehmonxona, osh- xona va b., 2-qavatida yotoqxona, dam olish va yuvinish xonalari joylashadi, ikkala qavat o’zaro ichki zina b-n birlashtirila- Di. Asosan, 16-a. oxiri 17-a. boshlarida Angliyada qurila boshlagan, keyincha- lik Skandinaviya, AQSh va b. joylarda keng tarqalgan. O’zbekistonda 1940-y. lardan qurila boshlagan. Toshkentda K. qurilishi, asosan, 1966 y.dagi zilzila- dan so’ng avj oldi.