Kovatok, kovatok do’lma

Kovatok, kovatok do’lma — masal- liklari tok bargiga o’rab tayyorlanadi- gan milliy taom. Tayyorlanishi do’lma usulida. Yog’liq go’sht va piyozdan to’z, murch, qalampir solib qiyma tayyorla- nadi. Yangi uzib olingan tok barglari issiq suvda yuviladi va har bir bargga qiyma solib o’raladi. O’ralgan K. ipga tiziladi. K. palov sho’rvasiga go’sht o’rnida solib pishirilsa K. palov (tok oshi), qozonga terib sho’rvada pishirilsa K. do’lma, manti qasqonda pishirilsa K. manti deb yuritiladi. K. 25 -30 min.da pishadi. K.ni tok bargini konservasi- yalab, qishda ham tayyorlasa bo’ladi. 0,5 kg go’shtga 0,5 kg piyoz, 100-150 dona tok bargi kerak bo’ladi.