KOVERKOT

KOVERKOT (inglizcha covercoat — palto qoplamasi) — diagonal urshshshda jun yoki yarim jun iplardan zich to’qilgan mato. Bunda arqoq sifatida har xil (oq va qoramtir) tusli ikki ipdan iborat pishitilgan ip, tanda sifatida bir qavat qoramtir ip olinadi. Tayyor mato kulrang-yashil, sarg’ish-jigarrang va ko’kish-kulrang tusda bo’ladi. Koverkotdan kostyum va paltolar tikiladi. Ip-gazlama tarzida to’qilgan Koverkotlar ham bo’ladi. Ulardan plashlar tikiladi.