KOVRAK

KOVRAK (Ferula) — ziradoshlar (soyabonguldoshlar) oilasiga mansub ko’p yillik o’tlar turkumi. O’zbekistonda 45 turi o’sadi. Sassiq Kovrakning bo’yi 1 metrcha, ildizi sholg’omsimon, diametri 15 santimetrcha. Poyasi tik, yo’g’on, ichi kovak, yuqori qismi shoxlangan. Ildizoldi barglari bandli, 3 bo’lakli, poyadagilari maydaroq, ketma- ket joylashgan. To’pguli yirik, sharsimon, diametri 20 santimetr, yon to’pgullari maydaroq. Erta bahorda gullaydi. Mevasi — ikki bo’laqli. Cho’llarda o’sadi. Ildizidan olinadigan elim (smola)dan astma va ba’zi nerv kasalliklarida ishlatiladigan dori tayyorlanadi.