KOVUL

KOVUL, ko var (Capparis spinosa L.) — kovuldoshlar oilasiga mansub yarim buta. Poya va shoxchalari yotiq, bargi tuxumsimon, guli yirik, oq yoki och pushti. Mevasi qizil etli, ko’p urug’li. Qrim, Kavkaz, O’rta Osiyo, Shimoliy Afrika va O’rta dengizning Toshloq yerlarida ko’p tarqalgan. Janubiy Yevropada ekiladi. Kovulning g’unchasi, mevasi sirkalab yoki to’zlab ovkatga solinadi. Mevasida 18% oqsil moddalar, 36% cha moy bor.