Ko’z

Ko’z — ko’rish a’zosi; umurtqasiz ba’zi hayvonlar (jumladan, hasharotlar, boshoyoqli mollyuskalar), umurtqali barcha hayvonlar va odam yorug’lik ta’- sirlarini K. b-n sezadi. Umurtqasiz hayvonlarning aksarisida bir qadar murakkab ko’rish a’zolari (mas, faset- kali ko’zlar) K. vazifasini o’taydi. Umurtqali hayvonlar va odamning juft K.lari kallaning ko’z kosalarida (orbi- talarda) joylashgan bo’lib, K. soqqasi (ko’rish analizatorining periferik qismi — asli ko’z) va yordamchi qismlar (K. qovoklari, K. yoshi apparatlari va ko’zni harakatlantiruvchi muskullar) dan iborat. K. soqqasi (diametri 22-24 mm cha) ko’rish yo’li orqali bosh miya b-n bog’langan. K. soqqasining oldingi qismida mugo’z parda — dioptrik (yorug’likni singdiradigan) apparat, ko’z gavhari, suvsimon suyuqlik va shishasimon tana, shuningdek, akkomodasiya uchun xizmat qiladigan kipriksimon tana va rang- dor parda bor (bu parda tasvirni yorug’ sezgir to’r parda — retinaga o’tkazadi). K. soqqasining devori bir-biriga zich takalib turgan 3 ta pardadan iborat. K.ning tashqi — fibroz pardasi ikkiga bo’linadi: orqada sklera yoki oqsil par- da — eng qalin parda, u ta-yanch va himoya vazifasini o’taydi; oldinda mugo’z par- da — yaltiroq, gumbazcha shaklidagi parda oqsil parda doirasiga soat shishasidek joylashgan. Oq fibroz parda tagida qon tomirlarga boy tomirli parda joylasha- Di. U 3 qismdan iborat: rangdor parda — doira shaklida bo’lib, turli odamlar- da ko’k, yashil, zangori, sariq, to’q sariq va hatto qora rangda bo’ladi, bu rangdor parda to’qimasida joylashgan bo’yovchi modda (melanin)ga bog’liq. Rangdor parda ko’zga jilo beradi. Agar melanin Pig- menti bo’lmasa, K. qizg’ish rangli bo’ladi. Rangdor parda markazida dumaloq tyoshik bor, uni ko’z qorachig’i deyiladi. Rangdor parda tarkibida qon tomirlar, nozik mu- skul tolalari bo’lib, ularning qisqarib- yozilishi tufayli qorachiq kengayib- torayadi. U yorug’da torayib, qorong’ida kengayib, ko’zga tushadigan nurlarni che- garalaydi. Yorug’sezgir ichki parda — to’r par- da K.ning sezuvchi (reseptor) apparati bo’lib, 10 qanatdan tuzilgan; bo’lardan eng muhimi ko’rish hujayralari — tayoqcha va kolbacha hujayralar qanati yorug’ni sezishdan tashqari, rangni ham ajratadi. To’r parda markazidagi sariq dog’narsalarni miridan sirigacha ajra- tib, aniq ko’rishga imkon beradi. Sariq dog’yaqinidagi ko’r dog’ — to’r parda- ning sezmaydigan qismidir. To’r parda- dan nerv tolalari shu erga (ko’r dog’ga) yig’ilib keladi va ko’rish nervini hosil qiladi. Bu nerv sklera orqali o’tib, kal- la bo’shlig’iga kiradi va ikkinchi ko’zning ko’rish nervi b-n kesishib, ko’rish yo’lini hosil qiladi, bu yo’l bosh miyaning ensa bo’lagigacha davom etadi. Bosh miyaning har bir yarim sharida ikkala K. ning ko’rish markazi bor. Ko’z yoshi ko’z soqqasi va qovoqlarning shilliq pardasini namlab turadi. Qovoqlar 2 ta teri burmasidan iborat bo’lib, ichida zich biriktiruvchi to’qima va K. ni yumuvchi doira muskullar bor. Qovoqlarning chetida kipriklar (yuqori qovokda 100-150 va pastki qovoqda 50— 70) o’sadi va yog’bezchalarining yo’llari ochiladi, ularning yallig’lanishi gov- mijja deb ataladi. Kipriklar K.ni yot jismlar (chang zarralari) tushishidan sakdaydi. Kipriklar noto’g’ri o’sganda shox parda shikastlanishi va kasallani- shi mumkin (q. Trixiaz, ko’z kasallikla- ri, ko’z shikastlanishi). Ko’rish jarayoni tashqi dunyodagi narsalardan qaytadigan yoki sochiladi- gan yorug’lik nurlarining K.ga ta’sir etishiga asoslanadi. Mohiyati shundan iboratki, tashqi dunyodagi narsalardan ko’zga keluvchi yorug’lik nurlari ko’zning tiniq muhitlari (mugo’z parda, suyuqlik, Gavhar va shishasimon tana) orqali o’tib va ularda sinib, to’r pardaga to’shadi va uning hujayralari (tayoqchalar va kol- bachalar)da fotokimyoviy reaktsiyani Vu- judga keltiradi (o’sha hujayralarda yorug’sezgir moddalar parchalanadi), natijada yorug’lik energiyasi nerv im- pulsi (qo’zg’alish)ga aylanadi, bu im- puls to’r pardadan bosh miyadagi ko’rish yo’li orqali bosh miya po’stlog’ining ensa qismlaridagi ko’rish markazlariga bora- Di, yorug’lik ta’sirlari ana shu markaz- larda muayyan obrazlar sifatida idrok etiladi. Kolbachalar kundo’zi, tayoqchalar esa qosh qorayganda yoki tunda ko’radigan hujayralardir. Shunday ko’rish tufayli odam uzoqdagi miltillagan sham Alan- gasidan tortib oftobga qadar turli miqdordagi yorug’likni idrok eta oladi. K.ning turli ravshanlikdagi yorug’likni idrok eta olishi K. adaptasiyasi deyi- ladi; K. qorong’ida va yorug’da ko’rishga moslasha oladi. K.ning ko’rish quvvati (o’tkirligi) turli kishilarda turlicha; bu sariq dog’elementlarining xossa- lariga va b. sabablarga bog’liq. U Max- sus jadvallar yordamida tekshiriladi. K.ning qizil rangni ajrata olmasligi daltonizm deb ataladi (yana q. Uzoqdan ko’rish, yaqindan ko’rish). Ad.: Ham i dona M. H., Boltaeva 3. Q., Ko’z kasalliklari, T., 1996.