KO’Z QOVOG’INING QAYRILIB QOLISHI
KO’Z QOVOG’INING QAYRILIB QOLISHI — qovoqning ko’z soqqasiga nisbatan turish holatining o’zgari – shi. Ko’pincha qovoqning kipriklar b-n ichkariga — ko’z soqqasi tomonga yoki tashqariga qayrilishi kuzatiladi. Qovoqning ichkariga qayrilishi qovokda joylashgan aylanma muskulning spastik qisqarishi (blefarospazm) yoki Tog’ay va shilliq pardadagi chandiqlar tufayli ro’y beradi. Kipriklarning shilliq va shox pardaga muntazam ishqalanib turi- shi Su-runkali kon’yunktivit, keratit va shox pardaning yarasiga olib keladi. Qovoqning tashqariga qayrilib qolishi spastik, chandiqli, paralitik va qarilik tufayli bo’ladi. Qovoqlar tashqariga qayrilganda ko’zdan yosh oqadi, qovoqning ichki qirrasi ko’zdan tashqariga siljib, shilliq parda tashqariga qarab qoladi. U qizaradi, qalinlashadi va yuzasi quriydi. Ko’z tirqishining butunlay bekilmasligi tu- fayli shox pardaning qurishi va xirala- nishi rivojlanadi. Davo ko’z vrachi nazorati ostida olib boriladi. Qovoq qayrilib qolishining asosiy sababini topib, dori-darmonlar va lozim bo’lganda plastik jarrohlik usullari qo’llanadi.