BESHTOV

BESHTOV — Zirabuloq past tog’lari tarkibidagi tog’ tizmasi. Samarqand viloyatida. Eng baland joyi 955 metr. Shim. yon bag’ri Zarafshon vodiysiga tik tushgan va soylar bilan o’yilgan (chuqurligi 150 metrgacha). Janub yon bag’ri yotiqroq va platosimon yuzaga tutashib ketgan. Tizmaning o’q qismi yuqori silurning ohaktoshlaridan tashkil topgan. Suvayirg’ich qismida o’tkir nayzasimon va yalang’och qoyalar ko’p. Yon bag’rining o’rta va quyi qismlari tuproq bilan qoplangan. Tog’ etaklari bo’rpaleogen va neogen yotqiziqklari— konglomerat, ohaktosh, gil va qumdan tashkil topgan. Adirsimon balandliklar qumtosh va konglomerat lardan tuzilgan. Shim. yon bag’rining quyi qismidagi to’q bo’z tuproqlarda efemershuvoq guruhiga mansub o’simliklar o’sadi. Sertosh Janub yon bag’rida Bodomzor ko’p. Yaylov sifatida foydalaniladi.

BESHTOV — shimoliy Kavkazda, Pyatigorsk shahri yaqinidagi besh cho’qqili tog’. Balandligi 1400 metr. Traxit va liparitlardan tashkil topgan. Tog’ etaklari o’rmon va dashtlardan iborat. Yon bag’rida qora qayin, dub, shumtol va grab daraxtlari o’sadi.