Krakov, Krakuv
Krakov, Krakuv — Polshaning Jan. qismidagi shahar, Visla daryosi bo’yidagi port. Krakov voevodaligi- ning ma’muriy markazi. Aholisi 740,6 ming kishi (1999). K. ga 8-10-a.larda asos solingan. 11 — 16-a.larda Pol- sha davlati poytaxti. O’rta asrlarda hunarmandchilik va savdoning yirik markazi. 1809-15 y.larda Varshava Ger- sogligi tarkibida, 1815-46 y.larda Krakov Respublikasi markazi bo’lgan. Mamlakatning muhim iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. Transport yo’llari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Qora metallurgiya va mashinasozlik (jumladan, og’ir mashinasozlik, elektro- texnika va radioelektronika) sanoatla- ri rivojlangan. Kimyo, tsement, mebel, ko’n-teri, tikuvchilik, farmasevtika, parfyumeriya, poligrafiya, tamaki, oziq- ovqat sanoati korxonalari mavjud. Un-t (1364) va b. oliy o’quv yurtlari, konchilik metallurgiya akademiyasi, Milliy va ba- diiy muzeylar, teatrlar bor. K. — tu- rizmning yirik markazlaridan. K.ning qad. qismi — Vislaning chap sohilidagi Navel tepaligida. Me’moriy yodgorli- klaridan Bibi Maryam kapellasi (10-a.), qirol qasri (13— 17-a.lar), kostyollar, Polsha FA binosi va b. saqlangan. K.da kinofestivallar va xalqaro ko’rgazmalar o’tkazilib turiladi. K.ning tarixiy markazi Jahon merosi ro’yxatiga kiri- tilgan.