Krasichkov Vyacheslav Prokofevich

Krasichkov Vyacheslav Prokofevich (1898.10.10, Saratov gubernyasi Petrovskiy uezdi Bobrovka qishlog’i — 1978.16.6, Do’shanba) — selektsioner olim, Tojikiston FA akad. (1957), to- jikistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1952). Soyuznixining Qo’rg’ontepadagi tajriba st-yasida g’o’za selektsiyasi bo’limi mudiri (1934-56), Tojiki- ston dehqonchilik i. t. in-ti direktori (1956-57), Tojikiston FA vise-Pre- zident (1957-61), Tojikiston qishloq xo’jaligi i. t. in-tida selektsiya bo’limi mudiri (1961-69). 1969 y.dan toji- kiston dehqonchilik i. t. in-ti Vaxsh filialida (1978 y.dan V. A. Krasichkov nomida) g’o’za selektsiyasi va urug’chiligi bo’limi mudiri. Ilmiy ishlari ingichka tolali g’o’za selektsiyasi va urug’chiligi masalalariga bag’ishlangan. Uning ish- tirokida 12 dan ortiq ingichka tolali g’o’za navlari (5595-V, 6465-V, 6249-V, 7072-V va b.) yaratildi. U yaratgan navlar O’zbekistonda ham ekilgan. Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston Davlat mu- kofoti laureati (1972).