Krasnodar

Krasnodar (1920 y.gacha Ekate- rinodar) — RFdagi shahar, Krasnodar o’lkasi markazi. Kuban daryosi sohilida. T. y. va shosse yo’llar tuguni. Aholisi 647,4 ming kishi (1998). K.ga 1793 y. kazaqlar tomonidan qarbiy lager (so’ng qal’a) sifatida asos solingan. K. — yirik sanoat va madaniyat markazi. Ma- shinasozlik (stanoklar, radio va elektr o’lchov priborlari, kompressorlar, q. x. mashivalari), neftni qayta ishlash, kimyo, engil (ip gazlama, kamvol-movut k-tlari, ko’n z-dlari va b.), oziq-ovqat, yog’ochsozlik sanoati korxonalari, chinni- fayans z-Di bor. Vitamin va biokimyoviy preparatlar ishlab chiqariladi. 6 oliy o’quv yurti (jumladan, Kuban un-ti), 3 teatr, tarix-arxeologiya, badiiy muzey- lar mavjud.