KRASNOVODSK ZILZILASI
KRASNOVODSK ZILZILASI -Turkmanistonning Krasnovodsk (hozirgi Turkmanboshi) shahrida 1895 yilda ro’y bergan o’ta kuchli zilzila. Krasnovodsk zilzilasining magnitudasi Rixter shkalasi bo’yicha M-8,2, MSK-64,12 balli shkala bo’yicha uning kuchi 10 ballga teng bo’lgan. Ushbu zilzila keyingi 120 yil ichida (1882— 2002) O’rta Osiyoda bo’lib o’tgan eng kuchli zilzilalardan biri hisoblanadi. Krasnovodsk zilzilasi oqibatida sodir bo’lgan vayronaliklar va qurbonlar to’g’risida aniq ma’lumotlar saqlanmagan.