Krasnoyarsk
Krasnoyarsk – RFdagi shahar, Krasnoyarsk o’lkasi markazi, Enisey da- ryosidagi port. T. y. tuguni. Aholisi 875,3 ming kishi (1998). Mashinasozlik va metallsozlik («Sibtyajmash» i. ch. bir- lashmasi bor; g’alla o’rish kombayni ish- lab chiqariladi), kimyo (sintetik kauchuk, Shin z-dlari va b.), metallurgiya (alyumi- niy, «Sibelektrostal» z-dlari), engil, oziq-ovqat, qurilish materiallari sano- ati korxonalari, tsellyuloza-qog’oz kti bor. 9 oliy o’quv yurti (shu jumladan, 4 un-t), Rossiya FA Sibir bo’limining ilmiy markazi, 5 teatr (shu jumladan, opera va balet, teatri), o’lkashunoslik muzeyi, V. I. Surikov uy-muzeyi, badiiy galereya mavjud. K.ga 1628 y. is-teqkom sifatida asos solingan. K. yaqinida Krasnoyarsk GES, «Stolbi» («tosh ustun- lari») qo’riqxonasi joylashgan.