Krayova

Krayova — Ruminiyaning Jan.- g’arbidagi shahar, Jiu daryosi vodiysida. Dolj judesining ma’muriy markazi. Aholisi 313,5 ming kishi (1998). Trans- port yo’llari tuguni. Mashinasozlik (jumladan, elektrotexnika, Lokomotiv- sozlik, avtomobilsozlik, aviasozlik, traktorlar i.ch., og’ir mashinasozlik), kimyo, yog’ochsozlik, to’qimachilik, tikuvchi- lik, poligrafiya, mebel, oziq-ovqat sa- noati korxonalari, issiqlik elektr st- yasi mavjud. Un-t, ped. va q.x. institutla- ri, badiiy muzey bor. 15-18-a.larga oid me’moriy yodgorliklari saqlangan.