KRAYSTCHERCH
KRAYSTCHERCH — yangi Zelandiyadagi shahar, Janubiy orolining Sharqiy sohilida, tinch okean qirg’oqlari yaqinida. Aholisi 342 ming kishi (2000). Aeroporta xalqaro ahmiyatga ega, yirik dengiz porti. Sanoatining asosiy tarmog’i — transport mashinasozligi. Kimyo, jun, oziq-ovqat, metallsozlik. metallurgiya, yog’ochsozlik, to’qimachilik sanoati korxonalari, temir yo’l ustaxonalari mavjud. Yirik qishloq xo’jaligi rayonining markazi. Universitet, geofizika va astronomiya rasadxonasi, muzey bor.