Krebs (Krebs) Xans Adolf

Krebs (Krebs) Xans Adolf (1900. 25.8, Xildesxaym, Germaniya — 1981)— ingliz biokimyogari. London Qirollik jamiyati (1947 y.dan) va AQSh mil- liy FA (1964 y.dan) a’zosi. Gyottin- gen, Freyburg, Myunxen va Berlin un- tlarida o’qigan (1919-1925) va ish- lagan (1926-33). Oksforddagi Qirol kasalxonasi prof. (1967 y.dan). Asosiy ishlari hayvonlar organizmida mod- dalar almashinuvini o’rganishga oid. 1932 y.daaminokislotalardan karbamid (siydikchil) hosil bo’lishini aniqlagan (ornitin halqasi). 1937 y.da trikarbon kislotalar halqasini (q.Krebs halqasi), shuningdek, organizmda dikarbon va tri- karbon kislotalar tsiklini kashf etgan. Nobel mukofoti laureati (1953).