Kremen
Kremen — kristalli va amorf kremnezyom, ya’ni qumtuproq (opal, xal- tsedon yoki kvars)dan tashqil topgan mi- neral tuzilma. K. Er po’stida konkre- tsiya, g’urra, linza va qatlam ko’rinishida keng tarqalgan, ko’pincha, ohaktoshlar va bo’r yotqiziqlari orasida muvofiq holda yotadi. Kimyoviy tarkibida SiO2 ko’proq. Qattiqligi minera-logik shkala bo’yicha 7. Rangi sariq, qo’ng’ir yoki qora. Cho’kindilarning diagenezi, tog’jin- slari katagenezi va nurash natijasida hosil bo’ladi. Sinishi chig’anoqsimon. Singanda chekkasi o’tkir qirra hosil qilganligi uchun juda qadimdan te- Mir davrigacha odamlar tomonidan tosh qurollar yasashda ishlatilgan (q. Tosh davri). Fayans, emal, glazur va h.k. tay- yorlashda foydalaniladi.