Kreml

Kreml, Moskva kremli — RF ning poytaxti Moskva sh.ning eng qad. qismi, qal’asi. Moskva daryosining chap qirg’og’ida, Neglinvaya daryosi unga quyiladigan joydagi Borovisk tepali- gida kichik bir istehkom sifatida yuzaga kelgan (11 — 12-a.lar, 1,5 ga atrofida). Bu istehkom-qal’a qadimda «gard» yoki «grad Moskva» deb atalgan, 14-a. dan K. nomini olgan. Bu erda Knyaz Yuriy dol- gorukiy buyrug’i b-n 1156 y. da qurilgan «shahar» — istehkom esa, avvalgi qal’a hududidan 5-6 barobar kengroq may- donni tashqil etgan va yog’och devor b-n o’ralgan. Mo’gullar hujumi davrida (1237) K. vayron qilingan. K.ning key- ingi taraqqiyoti knyazlikning, keyincha- lik esa, markazlashgan rus davlatining poytaxti bo’lgan Moskvaning rivoji b-n bog’lanib ketgan. Devor va minoralari dubdan (1339— 40, mayd. 18 ga bo’lgan) va oq toshdan (1367, «oqtoshli Moskva» deb ham atalgan), keyinchalik g’ishtdan qayta qurilgan (1485-95, mayd. 27,5 ga). Hoz. tarhi uchburchaksimon (maydoni taxm. 28 ga). Devorining o’z. 2 km dan ortiq, qalinligi 3,5—6,5 m, bal. 5-19 m dir. K. da rus me’morligining noyob yod- gorligi saqlanadi: Uspensk s o b o ri (1475-79), B l a go ve sh ch e ne k sobori (1484-89), Arxangelsk sobori (1505— 08), Granitovaya palata (1487-91). «Buyuk Ivan» qo’ng’iroqxonasi (1505-08, 1600 y. qayta qurilgan). Terem saroyi (1635-36); sevat binosi (1776— 87, klassisizm uslubida qurilgan, ko- rinf orderi tizimidagi kolonnadalar b-n bezatilgan), katta Kreml saroyi (1839-49) va qurol-aslaha (Orujey- vaya) palatasi (1844-51; hoz. muzey), Kreml majlislar saroyi (1959-61) va b. Kreml devorlarida 20 minora bor. Bo’lardan 6 tasi darvozali. Spassk (unga K. ko’ranti o’rnatilgan). Nikolsk, Arse- nal, Troisk, Borovisk, Vodovzvod (Svi- blov), Beklemishev (Moskvoresk) Mino- ralari o’ziga xosdir. K. ichida «Shoh zam- baragi» (16-a., quyma metall) va «Shoh qo’ng’irog’i» (18-a.) qo’yilgan. K. Moskva knyazlari (14-a.) va shohlar (16-a. o’rtalaridan) qarorgohi, 18-a. boshlaridan imperatorlarning muvaqqat qarorgohi bo’lgan. 1918 y. martdan bu erga Sovet hukumatining, 1991 y. dan esa Rossiya Federasiyasi Prezidentining qarorgohi joylashgan. K. da majmuaviy ta’mirlash ishlari olib borilgan (1970). K. va qizil may- don Jahon merosi ro’yxatiga kiritil- gan.