Kreml

Kreml (ruscha)-qadimgi rus shaharlarining markaziy qismi; atrofi devor bilan o’ralgan minorali qal’a, mudofaa inshootlari, saroy va cherkovlardan iborat. Ilk bor 1331 yili yozma manbalarda “Kremnik” deb tilga olingan. Kreml devorlari dastlab yog’och va loydan, XI asrdan tosh va g’ishtdan qutilgan. Asosan, shaharning baland joyida, daryo yoki ko’l bo’yida barpo etilgan. Kremlda knyaz yoki podshohlarning qarorgohi, sobor, boyarlar uyi va boshqalar bo’lgan. XVI-XVII asrlarda Kreml qurilishi keng avj oldi, ammo XIX asrdan harbiy-strategik ahamiyatini yo’qotib, shahar majmuasidan faqat ma’muriy markaz va tarixiy-badiiy ansambl sifatida o’rin oldi.