Kremniy ftoridlari

Kremniy ftoridlari (ftor- si lanlar) — kremniyning ftor b-n birikmalari. Kremniy (1U)-f t o r i D, SiF4— rangsiz gaz; zichligi 1598 kg/ m3 suyuqlanish t-rasi — 86,8°; qaynash t-rasi — 95°. Suv ta’sirida vodorod- kremneftorid kislota va kremniy (IV)- okcrh (SiO2)ra, 800° dan yuqori t-Rada suv bug’i ta’sirida ftorid kislota (HF) va SiO2 gacha gidrolizlanadi. Eruvchanligi (20° da g/l): metanolda 328, etanolda 364, atsetonda 31. Ammiak va organik asoslar b-n adduktlar hosil qiladi. Ftorsili- katlar va H2SiF6 ni termik parchalash usuli b-n, HF yoki ftorga kremniy, SiO, va silikatlar ta’sir ettirib olinadi. Sanoatda HF i.ch.da apatit va fosforid- larni kislotalar bilan parchalash pay- tida oraliq mahsulot sifatida hosil bo’ladi. SiF4 H2SiF6 va anorganik fto- ridlar, kremniy va SiF2 olishda, krem- niyni tozalashda (kimyoviy transport reaktsiyasiga asosan: Si+SiF4 <-» 2SiF2) ishlatiladi. Kremniy (P)-ftorid, SiF2 — Gazsi- mon, suyuq yoki qattiq modda (polimeriza- tsiya darajasiga qarab). 1100° dan yuqori t-Rada past bosimda (-10 gPa) SiF4 ga kremniy ta’sir ettirilganda hosil bo’ladi. SiF2 organik sintezda reagent, kremniyni tozalash jarayonida oraliq mahsulot. Shuningdek, beqaror ftor- silanlar — SiF, SiF3, SiF4 x Fx oksif- toridlar (ftorsiloksanlar) — SiOF2, SiOF6 va b. aralash galogenftorsilanlar SiXxFn x ham ma’lum.