Kremniy vodorodlar, silanlar
Kremniy vodorodlar, silanlar — kremniyiint vodorodli birikma- lari. Umumiy formulasi SinH2n+2 Mac, SiH4, Si2H6, Si3H8, Si4H10 va h.k. Si—Si bog’lanish S—S bog’lanishga nisbatan juda kuchsiz bo’lganligi sabab- li kremniy atomlari uglerod atomlari singari uzun zanjirlar hosil qilmaydi. Silanlar fizik xossalariga ko’ra ugle- vodlarga o’xshash, lekin havo va suvda beqaror moddalardir. Ularni metall si- lisidlarga mineral kislotalar ta’sir ettirish yo’li b-n olish mumkin. Mas, mo- nosilan SH4 magniy silisidga xlorid kislota ta’sir etishidan hosil bo’ladi: Mg2Si + 4HC1 = SiH4 + + 2MgCl2. Mono- silan suv b-n quyidagi reaktsiyaga kiri- shadi: SiH4+2H2O-> ->SiO2 +4H2T. Havo kislorodi ta’sirida u o’z-o’zidan yonib ketadi: SiH4+2O2—» ->SiO2+2H2O. Si- lanlar kuchli qaytaruvchi moddalar .