Krevetkalar
Krevetkalar (Natantia) — o’noyoqli (q. O’noyoqlilar) qisqichbaqasimonlar kenja turkumi. O’z. 2-30 sm. Tanasi ikki yon tomon- dan siqiq. Muskulli qorni boshi va ko’kragiga nisbatan uzun. 1 – va 2 – juft ko’krak oyoqlarida qisqichlari bo’ladi. Oxirgi juft qorin oyoqlari (uropodlar) va dumi (telson) dum so’zgichni hosil qiladi. Urg’ochilarining qorinoyoqlari tuxumini olib yurish, erkaqlariniki (1- va 2 – jufti) kuyikish organi vazifasini ba-jaradi. 2000 ga yaqin turi bor; dengiz- lar va chuchuk suvda planktonda va suv tu- bida yashaydi. Suvning o’ta chuqur qismida yashaydigan turlari yog’du chiqaradi. Meta- morfoz orqali rivojlanadi. K. ovlana- digan qisqichbaqasimonlar orasida bi- rinchi o’rinda turadi.