Krik (Crick) Frensis Xarri Kompton
Krik (Crick) Frensis Xarri Kompton (1916.8.6, Xortxempton) — ingliz fizigi, molekulyar biol. Asoschilaridan biri. London Qirollik jamiyati a’zosi (1959 y.dan). Kembrij un-ti prof. (1939 y.dan). Asosiy ilmiy ishlari nuklein kislotalarning tuzilishini o’rganishga oid. 1953 y.da J. Uotson b-n hamkorlikda qo’sh spiral shaklidagi DNK modeli- ni taqlif etgan (Uotson-Krik modeli). Shu model asosida hujayralarning bo’linishida DNK molekulalaridan nusxa olish mexanizmini tushuntirib bergan (q. Replikasiya). Genetik kod ta- moyillarini birinchi bo’lib aniqlagan. Nuklein kislotalarning molekulyar tu- zilishi va irsiy axborotni o’tkazishdagi ahamiyatini kashf etgan. Nobel mukofo- ti laureati (1962, J. Uotson va M. Uil- Kins b-n hamkorlikda).