Krilov Ivan Andreevich
Krilov Ivan Andreevich [1769.2(13).2, Moskva – 1844.9(21).11, Peterburg] -rus yozuvchisi, masalchi. «Po- chta Duxov» (1789), «zritel» (1792) jur.larini nashr ettirgan. 1786-88 y.larda poy-taxt dvoryanlarining axloqiy buzuqligini fosh etuvchi kome- diya («g’azabnok oila», «to’polonchilar», «Qizlarga saboq va b.), tragediya («kle- opatra», «Filomela»), komik operalar («Bahodir Ilya», 1870) yozgan. Hukumatga qarshi yozilgan «Trumf» («chimchilash») tragediyasi (1799-1800) qo’lyozma holida tarqatilgan. «Qalb» qissasi (1792) da podsholik tuzumi va Ekaterina II ning yasama liberalizmi ustidan kuladi. 1809 — 43 y.larda 200 dan ortiq masal- lar yozgan. Birinchi «masallar» kitobi 1809 y. nashr qilingan. Ularda ijti- moiy illatlar fosh etilgan, zulm va zo’rlik qoralangan («bo’ri b-n qo’zichoq», «Hayvonlar o’lati», «bo’rilar va ovchi- lar», «dehqonlar va Daryo» va b.), va- zirliklarning qayta tashqil etilishi («Kvartet»), Arakcheevning zolimligi tanqid qilingan («baliqlar raqsi»). 1812 y.dagi Frantsiya-Rossiya urushi yil- larida yozgan «mushuk va oshpaz», «it- xonaga kirib qolgan bo’ri», «qarg’a va tovuq», «mushuk va churtan baliq» va b. masallarida vatanparvarlik g’oyalari ilgari surilgan. Asarlarida sofdil va mehnatsevar kishilar ulug’langan, dan- gasa, qo’rqoq, ikkiyuzlamachilar tanqid qilingan. Masallari demokratik ruh b-n sug’orilgan. Satirasi kuchli, tili o’tkir va ta’sirchan. Asarlari o’zbek tiliga tar- jima qilingan.