Krioterapiya

Krioterapiya (krio… va terapiya) — sovuq, b-n davolash; biror a’zoni muz- latmaydigan darajada sovitish. K. og’riq qoldirish, yallig’lanishni kamaytirish, qon to’xtatish va shishni yo’qotish chorasi hisoblanadi. Muz bosish, sovuq suvga ho’llangan choyshabga o’rash qadimdan davo sifa- tida qo’llanilib keladi. O’t pufagi, chuvalchangsimon o’simta (appendiks), me’da, me’da osti bezi va b. a’zolar yal-lig’langanda, badan lat eganda, suyak singanda muzli xalta qo’yiladi. Burun qovaganda, o’pka, me’da, ichakdan qon ketganda tegishli sohaga muzli xalta bosiladi. Gavda t-rasini sun’iy yo’l b-n tushirish — gipotermiya yurak, Yi- rik tomirlar, bosh miyani operasiya qilishda tatbiq etiladi. K. ning muhim bo’limlaridan biri — krioxirurgiya- da kasal a’zo yoki to’qimalarni sovitish yo’li b-n emiriladi yoki olib tashlanadi. Buning uchun xloretil yoki kriogen asbob ishlatiladi. Bo’lar yordamida har xil da- rajadagi past haro-ratga erishish mum- kin. Hozir krioaplikator, krioekstrak- tor kabi apparatlar qo’llanadi.