Kriptiyalar

Kriptiyalar (yunoncha kripteia)-Spartada ilotlarga qarshi jazo ekspeditsiyalari, shuningdek, jazo otryadlari. Spartalik yoshlar tomonidan tez-tez uyushtirib turilgan. Ilotlar qirg’iniga rasmiy qonuniy tus berish maqsadida eforlar har yili ularga qarshi urush e’lon qilgan. Kriptiyalarni spartalik yoshlarni chiniqtirish mashqlaridan biri sifatida baholashgan.