Kriptorxizm

Kriptorxizm (kripto… va Yun. orhis — moyak, tuxum) — yorg’oqda bit- ta (monorxizm) yoki ikkala moyakning bo’lmasligi; embrional rivojlanish anomaliyasi. Homila xromosomalari Pa- tologiyasi, ona va homiladagi gormonal etishmovchilik, chov kanali nuqsonlari va b. omillar moyakning qorin pardasi orqasidagi bo’shlikdan yorg’oqqa tush- may qolishiga sabab bo’ladi. Normal holatda moyaklar homilaning 8-9 oy- ligida qorin bo’shlig’idan yorg’oqqa tu- shadi, anomaliyada esa moyak erg’oqdagi normal o’rniga tushmay qoladi. Ba’zan moyak qorin bo’shlig’ida yoki chov kanali- da to’xtab qoladi yoki noto’g’ri to’shadi, bunda chov kanalidan chiqib, yo’nalishini o’zgartiradi va chov, son sohasida yoki ol- dida, yo oralikda teri ostidajoylashadi. Gohida moyaklarning yorg’oqqa tushishi cho’zilib ketib, bola 10-13 yoshga kir- ganida tugaydi. Bolada ikki yoklama K bo’lsa yoki tug’ma ikkala moyagi bo’lmasa, keyinchalik bepusht bo’lib qoladi (q. Be- pushtlik). K. bir yoki ikki tomonlama, shuningdek, alohida kasallik yoki bir qator endokrin kasalliklar belgisi bo’lishi mumkin.