Kristallografiya

Kristallografiya (Kristal- lar va … grafil) — kristallarning tu- zilishi haqidagi fan; kristallarning paydo bo’lishi, tuzilishi, fizik xossa- lari, ularda bo’ladigan o’zgarishlarni o’rganadi. K. ning vazifasi Kristal- larni tasniflash, ularni o’rganishning maxsus usullarini ishlab chiqish va amalda ishlatish yo’llarini izlab to- pishdan iborat. Kristallarning xarak- terli xususiyatlari ularning simmetri- yasidir. Kristallarning simmetriyasi ularning shaklida, strukturasida va b. xususiyatlarida o’z aksini topadi. K. matematika, fizika, kimyo, mineralogiya, metallshunoslik, texnika (Radiotex- Nika, mexaniqa) fanlari b-n bevosita bog’liq. K. qadimdan mineralogiya b-n uzviy bog’lanib, kristallarni qirralash qonunlarini o’rganuvchi mustaqil fan sifatida rivojlangan. Zavonaviy K. 5 ta asosiy bo’limlarga bo’linadi: geom etrik K. — kristallar- ning simmetriya ™ , strukturasi va mor- fologiyasini o’rganadi; kristalloge- nez — kristallarninghosil bo’lishi va o’sishini tekshiradi; kristallofizika — kristallarning optik, elektrik, me- xanik, magnit va b. xossalarini tadqiq qiladi; kristallokimyo — kristallik moddalarning kimyoviy tarkibi, struk- turasi, xossalari va morfologiyalari orasidagi bog’lanish qonuniyatlarini, shuningdek, ularning qosil bo’lish ja- rayonlari va qonuniyatlarini o’rganadi; amaliy K. — kristallarni o’stirish usullari va apparaturalarini ishlab chiqadi hamda ulardan texnikada foy- dalaniladi. K. ning asosiy tekshirish usullariga goniometrik, kimyoviy, op- tik, rentgenostrukturaviy, elektrono- grafik, neytronografik, kristalloki – myoviy analizlar, kristallarni o’stirish hamda ularni o’lchash va b. kiradi. Hozir bir qancha ilgor mamlakat- larda radiotexnika, elektronika, lazer texnikasi sohalarida keng ishlatila- digan pezokvars (billur), yoqut va sh. k. kristallarni lab. va z-D sharoiti- da yaratilmoqda. Hozirgi kunda yangi yo’nalish — kosmik K. rivojlanmokda. Ad.: Sovremenvaya kristallografiya, t. 1, M» 1979.