Kristobalit
Kristobalit (Meksikadagi San-Kristobal koni nomidan) — kvars guruhiga mansub mineral. Kremnezyom (gil)ning bo’sh turi. Kimyoviy formu- lasi SiO2. Qattiqligi 6-7, zichligi 2,2 g/sm3. Rangi oq, tussiz. Shishasi- mon yaltiroq. Kristallari kub shaklida. 1470° da qizdirilgan kvars K. ga aylana- Di. Ikki turi — a tetragonalli va r kub- li K. farklanadi. Ko’mir konlarining er ostida tabiiy o’t olishida, shuningdek, domna pechlari ma’lum t-raga etgan joy- larida sun’iy K. paydo bo’ladi. O’zbekistonda K. Angren ko’mir koni r-nida er osti yong’inlari natijasida kvarsli qumtoshning qayta hosil bo’lishi hisobiga vujudga kelgan tridimit b-n birgalikda 1959 y.da aniqlangan.