Kriz
Kriz (Frans. crise — xuruj) — be- mor ahvolining to’satdan og’irlashib qolishi; mavjud kasallik zaminida vujudga keladi. K., asosan, bosh miya qon to-mirlari faoliyatidagi jiddiy o’zgarishlar oqibatida kelib chiqadi. Miya, yurak, buyrak va b. hayotiy muhim a’zolarda to’satdan ro’y bergan tomir- lar spazmi natijasida vaqtinchalik qon aylanishi bo’zilib, shu a’zolar faoli- yatida jiddiy o’zgarishlar kuzatiladi. Qattiq charchash, hayajonlanish, mehnat va dam olish sharoitlarining to’g’ri yo’lga qo’yilmaganligi, ob-havoning o’zgarishi, bemorga to’g’ri kelmaydigan ovqatlar eyish, ichkilik ichish, chekish va b. noxushliklar K.ga sabab bo’lishi mumkin. K. vaqtida bemor bezovtalana- Di, bosh og’rig’i zo’rayadi, qo’l-oyoq titray- Di va uvo’shadi, ko’z xiralashib, quloq shang’illaydi va h.k. Gipertonik, gipoto- nik, triotoksik K., shuningdek, bosh miya qon tomiri krizi, vegetativ tomir krizi va b. xil K.lar farq qilinadi. K.ning oldini olish uchun asosiy kasallikni davolash kerak.