Kromvel oqimi
Kromvel oqimi – tinch oke- an ning Sharqiy qismidagi yuza oqim ostidagi ekvatorial ters oqim. Sharqqa tomon Jan. Passat oqimi ostidan 154— 150° G’.u.dan Galapagos o.lari to- mon taxm. 2° sh.k. va 2° j.k. oralig’ida harakatlanadi. K. o. 6500 km dan ortiq masofaga cho’zilgan, kengligi 300 km cha- masida, 100 va 400 m chuqurlik oralig’ida joylashgan bo’lib, shim. va Jan. chekka- larida va Sharqda yuqoriga ko’tarilib boradi va qalinligi ham kamayadi. Tez- ligi 70-150 sm/sek. Suv sarfi 30 mln. m3/sek.dan ortiq. K.o. Tinch okeanning ekvator kengliklaridagi suv oqimi tsir- kulyasiyasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. AQSh ekspedisiyasiga qarashli «X.M.Smit» kemasida okeano- log T.Kromvel tomonidan ochilgan va uning nomi b-n atalgan.