Kserofitlar
Kserofitlar (Yun. xeros — quruq, phyton — o’simlik) — quruq (suvsiz) er- darda o’sadigan o’simliklar. Qator belgi va xususiyatlari (q. Kseromorfizm) tu- fayli issiqlik va suvsizlikka chidamli o’simliklar. K. ekologik va fiziologik xususiyatlariga ko’ra bir necha guruhlarga bo’linadi. Sukkulentlar — tanasida suv to’playdigan, protrplazmasining yopishqoqligi va hujayralarida ko’p miqdorda suv saqlanishi tufayli issiqqa chidamli, lekin suvsizlikka chi- damsiz o’simliklar (aganalar, kaktuslar, aiios). Gemikserofitlar — suvsizlikka uzoq chidash berolmaydigan, lekin er osti suvlariga etadigan ildiz sistemasining bo’lishi, tanasidan suv bug’lanishi va moddalar almashinuvi jarayonlarining jadal kechishi tufayli issiqlikka chi- damli o’simliklar (yantoq, otquloq). EVK- serofitlar — hujayra protoplazmasi juda quyuq bo’lishi, moddalar almashi- nuvi sekin borishi tufayli suvsizlik va issiqlikka chidamli o’simliklar (shuvoqlarning ayrim turlari). Poyki- lokserofitlar — suv tanqisligida ana- bioz holatga o’tuvchi o’simliklar (ayrim tropik va subtropik o’simliklar).