Ksilit
Ksilit, SN2ON (SNON)z SN2ON -ko’p atomli spirt (pentit). Mol. m. 152,15; rangsiz gigroskopik kristall. Suyuklanish t-rasi 61-61,5° bo’lgan beqaror monoklin va suyuqlanish t-rasi 93-94,5°, qaynash t-rasi 215-217° bo’lgan beqaror rombik modifikasiyasi ma’lum. K. optik nofaol izomer; suvda, metil va etil spirtda, piridinda, sirka kislotada eriydi.; efir, dioksan, ugle- vodorodlar, butil va propil spirtlarda erimaydi. Kimyoviy xossalarga ko’ra ko’p atomli spirtlarning vakili. Sanoatda ksilozani qaytarib olinadi. K. va uning 1,4-angidridi (ksilitan) — tsellofan qog’oz va atir-upa i. ch.da namlik PLA- stifikatori va stabilizatori, ksiftal alkid smolalar, sirt-faol moddalar, lok, elim va b. olishda komponent. K. shirin ta’mli (saxarozadan ikki Mar- ta shirinroq) bo’lib, odam organizmiga singmaydi. Qandolatchilik mahsulotlari i.ch.da ishlatiladi, shuningdek, diabet va semirishga moyil bemorlarga qand o’rnida beriladi.