Ksilografiya

Ksilografiya (ksilo… va …gra- fiya), yog’och gravyura — yog’ochga ishlangan gravyuraning keng tarqalgan eng qad. turi. Bosma shakl (klishe) qo’lda o’yib tayyorlanadi: taxtaning tekis yuzasi- ga rasm chiziladi, rasmdan bo’sh joy- lar (zamin)i iskana b-n o’yib rasmli sathdan (2-3 mm) chuqurlashtiriladi. Bo’rtma tasvir yuzasiga bo’yoq surtib nus- xa ko’chiriladi. K. usulida tayyorlangan qolip 15 ming nusxa ko’chirishga etadi. K.ning 2—bo’ylama K. (daraxtdan bo’y-lamasiga kesib olingan yog’ochga ishlangan) va ko’ndalang K. (daraxtdan ko’ndalangiga kesib olingan yog’ochga ish- langan) turi mavjud. Rangtasvir va rang- li rasmlardan nusxa ko’chirganda ko’pincha ko’ndalang K. ishlatiladi. K. dastlab Xitoyda (6-a.), 14-a.dan G’arbiy Evropada, 16-a.dan Rossiyada qo’llanila boshlagan. Rangli K. ham Xi- toy (16-a.)da paydo bo’lgan, ayniqsa, Yapo- niyada uzoq va yorqin taraqqiy etgan, yapon rassomlari (Kasusiko Xokusay va b.) rangli K.da ulkan yutuq,larga eritshdi- lar. Ingliz rassomi T. Byuik tomonidan ko’ndalang K. ixtiro qilingach (1771), Evropada bu usulda illyustrasiyalar i.ch. keng yo’lga qo’yildi. K. taraqqiyotiga u. Nikolson (Buyuk Britaniya), F. Vallo- ton (Shveytsariya), E. Munk (Norvegiya), A. Ostroumova-Lebedeva (Rossiya) va b. katta hissa qo’shdilar. O’zbekistonlik rassomlar (M. Kagarov, I. Kiriakidi va b.) K. usulida 70-y.lardan ijod qiladi.