Ksilofon
Ksilofon (ksilo… va Yun. Phone — tovush) — urma (zarbli) musiqa cholg’usi. Evropada 15-a. dan ma’lum. Taxminlarga ko’ra, K.ning kelib chiqishi Afrika xalqlarida keng tarqalgan ma- rimba, malange, vilangve kabi musiqa cholg’ulari bilan bog’liq. Hozirgi K. 1830 – y.larda M. Go’zikov tomonidan yara- tilgan. 4 qator qilib (yoki klaviatura tarkibida) to’rtburchak asosga joylashti- rilgan hamda xromatik tarz- da sozlangan chorqirra yog’och bo’laqlaridan iborat. Diapazoni 1,5— 3,5 oktana. K.ning turlari simfonik, opera va estrada orkestrlaridan keng o’rin olgan: zavonaviy marimbaning har bir yog’och bo’lakchasi tagida aks sado be- ruvchi metall vaychalar o’rnatilgan, tu- ba-fonda esa yog’och bo’lakchalarini o’rnida temir vaychalari mavjud. Hozir K.dan yakkanavoz, ansambl, hamda orkestr sozi sifatida keng foydalanilmoqda.